Kotor, Черногория

Kotor Черногория

Kotor – Chernogoriyadagi dengizboʻyi shahri. U Kotor qoʻltigʻining chekin olis, panaroq qismida joylashgan. Kotor Boka Kotorska deb ataluvchi, Adriatika dengizining eng boʻrtib kirib kelgan qoʻltiklaridan birida joylashgan. Orjen va Lovchen togʻlarining tik ohaktosh qoyalariga tutash holda Kotor va uning atrofidagi hududlar hayratomuz va manzarali Oʻrta yer dengizi manzarasini hosil qiladi. Kotor “Kotorning tabiiy va madaniy-tarixiy hududi” nomli YuNESKO Butunjahon merosi obyekti tarkibiga kiradi. ASOSIY SAYYoHLIK JOYLARI • Eski shahar (Old Town). Eski shahar – Kotorning eng mashhur qismi boʻlib, unda shahar tarixi, madaniyati va anʼanalari asrab kelinadi. Uni koʻplab tor koʻchalar, maydonchalar va bozorlar toʻldirib turadi. Eng katta va asosiy maydon Trg od oruzja (Qurollar maydoni) hisoblanadi. Kotorning Eski shahri bugungi kunda Oʻrta yer dengizi mintaqasidagi eng yaxshi saqlanib qolgan oʻrta asr shahar tuzilmasi sifatida qaraladi. • Dengizchilik muzeyi (Maritime Museum). Oʻtmishdagi dengizchilik yillari, mashhur kotorlik dengizchilar, sanʼatkorlar, kema quruvchilar, hunarmandlar, davlat arboblari va gʻarb bilan sharq oʻrtasidagi vositachilarning muvaffaqiyatlari haqidagi xotiralar Dengizchilik muzeyida saqlanadi. Muzey barokko uslubidagi Grgurin saroyida joylashgan. • Gospa od Skrpjela oroli. Gospa od Skrpjela oroli Kotor qoʻltigʻidagi, Perast qarshisida joylashgan ikki goʻzal oroldan biridir. Bu orolni baʼzan “oʻlgan kapitanlar oroli” deb ham atashadi. Gospa od Skrpjela – Perast va Kotordagi dengizchilar tomonidan yirik toshlarni kema orqali olib kelib, sunʼiy yoʻl bilan barpo qilingan orol.
Tavsiya etilgan aeroport
Tivat (TIV)
Yaqin atrofdagi manzillar
  • Budva (Svetti Stefan) a 16,87 km
  • Petrovac a 28,71 km
  • Tívat a 5,69 km